Daryo

Anomal issiqlik tufayli Eyfel minorasi 10 santimetrga uzaydi

Fransiyada ham, Yevropaning boshqa mamlakatlarida bo‘lgani kabi so‘nggi kunlarda anomal jazirama kuzatilmoqda. Havo harorati 40 °C gacha, ba’zi joylarda esa undan ham yuqoriga ko‘tarilmoqda. Bu mamlakat uchun yangi rekord bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish10 258 ko‘rishlar0 izoh3

Parijdagi anomal yuqori harorat tufayli Eyfel minorasi 10 smga “o‘sdi”. Bu haqda RTL radiostansiyasi ekspertga tayanib xabar bermoqda.

Minora ochilgan paytda uning balandligi 300 m bo‘lgan, biroq 2022-yilda unga yana 30 m qo‘shgan radioantenna o‘rnatildi. Issiqlik ta’sirida u o‘z balandligini o‘zgartirishi mumkin. Temir inshoot kengayadi va hatto biroz yuqoriga cho‘ziladi.

“Harorat minus 10 darajadan plyus 40 darajagacha o‘zgarganda, Eyfel minorasi taxminan 10 santimetrga o‘sadi. Bu har 10 darajaga ikki santimetrdan to‘g‘ri keladi”, deydi muhandis va me’mor Bertran Lemuan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hodisa odamlar uchun sezilmaydi, chunki uni oddiy ko‘z bilan ko‘rish qiyin. Minoraning o‘ziga esa bu faqat uzoq muddatli istiqbolda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

“Minoraning bunday kengayishi va harakatlanishi metallda kuchlanishni keltirib chiqarishi mumkin. Agar simni olib, bir marta burasangiz, hech narsa bo‘lmaydi. Agar uni yuz marta burasangiz, u zo‘riqishga uchragani uchun oxir-oqibat sinib ketadi”, deya aniqlik kiritgan muhandis.

Shuningdek, ekspert minoraning harorat ta’sirida o‘z tuzilishini o‘zgartirishi uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lishini ta’kidladi. Biroq hozirda na inshoot tuzilmasi uchun, na baxtsiz hodisa yuz berishi uchun hech qanday xavf yo‘q, chunki metall 1500 °C da eriydi.

Fransiyada ham, Yevropaning boshqa mamlakatlarida bo‘lgani kabi so‘nggi kunlarda anomal jazirama kuzatilmoqda. Havo harorati 40 °C gacha, ba’zi joylarda esa undan ham yuqoriga ko‘tarilmoqda. Bu mamlakat uchun yangi rekord bo‘ldi. Shuningdek, anomal issiq tufayli Fransiyada o‘lim holatlari keskin ko‘paymoqda.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar