Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarning Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Xonanda Shaxlo Salayeva yangi fotosessiya uyushtirdi. 

Foto: Instagram

Xonanda Hosila Rahimova viloyatlarning birida yog‘ingarchilik sababli yuzaga kelgan noqulay ob-havo sharoitida, loy kechib bo‘lsa-da, o‘z xizmat vazifasini bajargani aks etgan videolavhani sahifasiga joyladi. San’atkor ushbu holatni izohlar ekan, kasb mas’uliyati ba’zan shunday murakkab sharoitlarda ham qo‘shiq kuylashni talab etishini ta’kidladi.

Vaynerlar Madina Karimova hamda Sardor To‘rayev qizalog‘i Aliyaning bir yoshga to‘lganini nishonlab, oilaviy fotosessiya uyushtirishdi. 

Foto: Instagram

​O‘zbekistonda xizmat ko‘rsat artist Ozoda Nursaidova jiyani Abdullohni 18 yoshi bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Taniqli xonanda Jahongir Otajonov 18, 20 va 24-aprel kunlari AQSHning bir qator shaharlarida o‘tkaziladigan konsert dasturlari uchun Nyu Yorkka yetib bordi. Okean ortidagi o‘zbek muxlislarining savollariga javob berar ekan, ijodkor o‘z faoliyati negizida nafaqat moddiy manfaat, balki haqiqiy san’atga bo‘lgan sadoqat yotishini ham alohida ta’kidlab o‘tdi.

Aktrisa Durdona Qurbonova o‘zining navbatdagi suratlarini obunachilariga ulashdi. 


Foto: Instagram

Hind kino aktrisasi Priyanka Chopra bolalikda hatto xayoliga ham sig‘magan hayotda bugun yashayotgani haqida mulohaza yuritmoqda. 

Foto: Instagram

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilhom Farmonov bolalikdagi suratini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi. 

Foto: Instagram

Aktrisa va bloger Muborak Abdullayeva inson o‘zini taftish qilmoqchi bo‘lsa, birov bilan emas, avvalgi o‘zi bilan hozirgisini solishtirib, xulosa qilishi kerakligi haqida yozmoqda. 

Foto: Instagram

Toshkentdagi restoranlardan birida taniqli san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning 80 yoshlik tavallud ayyomiga bag‘ishlangan tantana bo‘lib o‘tdi. Ushbu bazmga jamoat arboblari, o‘zbek madaniyat va san’at vakillari hamda xonandaning yaqinlari tashrif buyurishdi.