• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev marhum harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan uchrashdi (foto)

    Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi “Millat fidoyilari” xiyobonida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbarining g‘oyasi asosida tashkil etilgan ushbu yodgorlik mustaqillik yillarida mamlakat himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xotirasiga bag‘ishlangan. Majmua yuqoridan qaraganda davlat bayrog‘idagi yarim oy va o‘n ikki yulduz shaklida namoyon bo‘ladi. Qariyb ikki metrli yulduzlarning qirralari bitiktosh vazifasini ham o‘taydi. Ularning yon taraflariga 196 nafar qahramonlar nomi zarhal harflar bilan yozilgan. Bu bitiklar yoniga monitorlar o‘rnatilgan bo‘lib, millat fidoyilari  to‘g‘risida ma’lumotlar foto va videolar orqali namoyish etib boriladi. Ya’ni ularning faqat nomi emas, bolaligi, orzulari, ishi va oilasi ko‘z oldimizda jonlanadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bayroqdagi yarim oy mo‘jaz amfiteatr shaklida xiyobonga ko‘rk bag‘ishlagan. Uning tepasidan poklik ramzi — suv oqib turadi. Oyning orqa tarafidagi haykaltaroshlik kompozitsiyasi badiiy g‘oyaga yakun yasagan. Uning markazida farzandini harbiy xizmatga kuzatgan ota-ona siymosi gavdalantirilgan. Ikki yonida Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Oliy sud va prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya kabi tuzilmalar xizmatchilari aks ettirilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident shu yerda marhum harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan uchrashdi.

    Har yili bu yerga kelib, Ikkinchi jahon urushidagi yo‘qotishlarni eslaymiz. Endi mustaqillik fidoyilariga bag‘ishlangan ushbu majmuani tashkil qilganimiz xayrli ish bo‘ldi. Chunki ular ham milliy qahramonlarimiz. Shu jihatdan, bu maydonning ma’naviy ahamiyati katta. Bu ham o‘zlikni anglash, bu ham inson qadri, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Davlat rahbari vatan himoyachilarining oila a’zolariga chuqur hurmatini bildirdi.

    Bu jasur o‘g‘lonlar tahlikali vaziyatda o‘zini o‘ylamay, burchiga sodiq qolib, xalqi uchun jonini fido qilgan. Hozirgi tinchlikda, osmonimiz musaffoligida ularning katta hissasi bor. Oilalari, barcha yaqinlari bilishi kerakki, ular oramizda xuddi tirikdek, nomlari hech qachon o‘chmaydi. Buni mana shu maydonda muhrlab qo‘ydik. Men ularning ota-onalariga, turmush o‘rtoqlariga ta’zim qilaman. Farzandlari qahramon otalariga munosib bo‘lishini istayman, deya ta’kidladi prezident.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Millat fidoyilari tug‘ilgan tumanlarda xotira tadbirlari o‘tkazish, ularning mardligini yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatish, qahramonliklari haqida asarlar yozish zarurligi ta’kidlandi.

    Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti qatnashchilarini ham ziyorat qilib, bayram bilan tabrikladi.

    Avvalo, sizlarni, siz orqali barcha faxriylarimizni G‘alabaning 80-yilligi bilan tabriklayman. Xalqimiz nomidan barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman. Sizlarning qahramonligingiz tufayli bugungi avlodlar shunday tinchlik-forovonlikda yashayapti. Bu tinchlikning qadrini yoshlarimizga sizlar orqali yetkazishimiz kerak. Hayotingizning o‘zi bizga namuna. Har bir gapingiz juda katta ta’lim, bilim. Ilohim, sog‘lig‘ingiz mustahkam bo‘lib, ko‘p yillar faxrimiz, duogo‘yimiz bo‘lib yuring, deya tilak bildirdi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Nuroniylar mamlakatda tarixiy xotira ulug‘langani, keksalarga katta hurmat-e’tibor ko‘rsatilayotganini aytib, duolar qilishdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezidentning 19-fevraldagi qaroriga muvofiq, urush va mehnat faxriylariga munosib hurmat ko‘rsatilmoqda. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 ming AQSH dollari miqdorida, ushbu toifaga tenglashtirilgan shaxslarga 25 million so‘m, mehnat fronti qatnashchilariga 3 million so‘mdan bir martalik pul mukofotlari berilmoqda. Ko‘plab muhtaram nuroniylarga “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80-yilligi” yubiley medallari topshirilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Urush faxriylari va nogironlari uchun tibbiy va ijtimoiy xizmatlar, jumladan, patronaj xizmati ko‘rsatilmoqda. Ular o‘z xohishlariga ko‘ra sanatoriylarda davolanmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar, harbiy qismlar rahbarlari ishtirokida urush va mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila a’zolarining holidan xabar olinib, yumushlariga yordamlashilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    8 may, 16:30   Izoh (0)   4502
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shavkat Mirziyoyev#9-may#harbiy xizmatchilar#nuroniylar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda urush va mehnat frontining har bir qatnashchisi munosib qutlanadi

    04.04.2017, 20:35

    Shavkat Mirziyoyev o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi

    09.05.2018, 10:50

    “Daryo” oqshomi: koronavirus pandemiyasi bo‘yicha 20-aprelning asosiy xabarlari

    20.04.2020, 21:07

    Shavkat Mirziyoyev faxriylarni Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi (foto)

    09.05.2020, 17:45

    Shavkat Mirziyoyev 9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qarorni imzoladi

    20.04.2021, 23:30

    Qashqadaryoda 9-may — Xotira va qadrlash kuni — suratlarda

    08.05.2021, 17:48

    Ramazonning oxirgi jumasi, “uchayotgan” askar, skuterdagi Special One. 7-may suratlari

    07.05.2021, 23:58

    Qozog‘istonda 29-avgust harbiy qismdagi portlashlar qurbonlari xotirasiga motam kuni deb belgilandi. Mamlakatda yana qachon milliy motamlar e’lon qilingan?

    29.08.2021, 13:28

    Foto: 2021-yilda o‘zbekistonliklarning e’tiborini tortgan voqealar

    31.12.2021, 10:11

    Tuman hokimidan prezidentgacha: O‘zbekistonning yaqin tarixida joniga qasd qilingan olti amaldor

    02.12.2024, 12:45

    “Yashil” iqtisodiyot, energetika manbalari, iqlim o‘zgarishi: Shavkat Mirziyoyev “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida nimalar haqida gapirdi?

    14 yanvar, 16:54

    Ming dollardan 1 million dollargacha: Poraxo‘rlikda ayblangan hokim va “zamhokimlar”

    15 yanvar, 11:52

    Unutilgan ochiqlik va hisobdorlik: o‘zbekistonliklar Markaziy Osiyo xalqlari orasida haj ziyorati uchun eng ko‘p pul sarflaydi

    28 yanvar, 20:19

    Si Szinpin 9-may kuni Moskvadagi paradda qatnashadi

    10 fevral, 12:15

    O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida yangi investitsiyaviy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi

    16 fevral, 16:40

    Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etadi

    7 aprel, 12:49

    Parlamentlararo ittifoq assambleyasi yalpi majlisida nutq so‘zlagan prezident, Bekobod tumani hokimi etib tayinlangan Zaynilobiddin Nizomiddinov, viloyatlarda eʼlo...

    7 aprel, 23:00

    Tojikiston harbiylari Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi

    14 aprel, 16:55

    “Bizda tibbiyot xodimlari sonida ham, moliyalashtirishda ham muammo yo‘q. Lekin sifat-chi?” — Shavkat Mirziyoyev

    7 may, 14:30

    Sog‘liqni saqlash vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

    7 may, 14:41

    “Poliklinikalarda oilaviy shifokorning bazaviy oyligi 500 dollar, hamshiraniki 300 dollar bo‘ladi” — Shavkat Mirziyoyev

    7 may, 15:52

    O‘zbekistonda “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi boshlanadi

    7 may, 16:15

    Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal kansleri Fridrix Mertsni ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrikladi

    7 may, 18:08

    Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskvada bo‘ladi

    7 may, 18:11

    “Daryo” dayjesti: 7-mayning eng muhim xabarlari

    7 may, 23:10

    O‘zbekistonda Bolalar saratoni bo‘yicha akademik xab tashkil qilinadi

    8 may, 09:23

    O‘zbekistonda shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablari ishlab chiqiladi

    8 may, 09:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.