Daryo

“Onlayn ishlayotgan” murabbiy. Katanes Qatardagi yig‘inni ham o‘tkazib yuboradi

Qatar poytaxti Dohada milliy jamoa bugundan yig‘inga kirishadi. Unda bosh murabbiy sog‘lig‘idagi muammo sabab qatnashmaydi

1 daqiqa o‘qish12 554 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 20-yanvardan Qatar poytaxti Dohada yig‘iladi. “Oq bo‘rilar” ustozi Srechko Katanes jamoaning mazkur yig‘iniga sog‘lig‘idagi muammolar sababli kela olmaydi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yig‘in davomida jamoa bilan yordamchi murabbiylar Alesh Chex hamda Vlado Radmanovich ish olib boradi. Bosh murabbiy 3 yil oldingi BAA yig‘inini ham koronavirus sabab o‘tkazib yuborgandi. Bundan tashqari, aynan shu vaj bilan murabbiy eng muhim bahslar davomida 3 bor jamoaga yordam bera olmagan.

Katanes Turkmaniston bilan o‘yin oldidan jamoani uchinchi bor tark etsa, qaytib kelmasligini aytgan. Ammo 2026-yilgi Jahon chempionati Osiyo mintaqasidagi 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarning eng muhimi — Eron va BAA terma jamoalariga qarshi uchrashuvda terma jamoaga yordam bera olmagan edi.

Ushbu yig‘inga juda ko‘p yangi futbolchilar jalb qilingan va bosh murabbiy ularni ko‘rikdan o‘tkazib, terma jamoa o‘yinlariga jalb qilishi kerak yoki bu shunchaki “navbatchi” yig‘in vazifasini o‘taydimi? Bir murabbiyning sog‘lig‘idagi muammo sabab, eng yaxshi imkoniyatni xavf ostiga qo‘yilmayaptimi?

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu yig‘in doirasida 27-yanvar kuni Iordaniyaga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00da “Abdulloh bin Xalifa” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashida navbatdagi uchrashuvni Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 20-mart kun o‘tkaziladi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar