Energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “O.A.” fermer xo‘jaligi rahbari X.O. 1 dona suv nasosini elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulagan.
Natijada jami 932 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
“Svet”dan noqonuniy foydalanish holatlari ortib bormoqda
Bugunga qadar O‘zbekistonning turli hududlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda. Ushbu holatlarning aksariyatida miqdor mlrd so‘mdan ziyod.
Jumladan, Sirdaryoda 683 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxs ushlangan edi. Shuningdek, Sirdaryodagi maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasida 325 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Izoh (0)