Livanning “Hizbulloh” guruhi 13-oktyabr kuni tunda Isroildagi harbiy bazaga dronlar bilan hujum qildi. Oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Binyamin shahridagi bazaga hujumda 70 dan ortiq odam jarohatlangan, yetti nafar askarning ahvoli og‘ir. “Hizbulloh” hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Bu Isroilning Livan janubi va Bayrutdagi hujumlariga javob tariqasida amalga oshgan. “Hizbulloh” bazaga “dronlar to‘dasi” hujum qilganini bildirgan.
Ta’kidlanishicha, dronlar o‘nlab askarlar ovqatlanayotgan o‘quv bazasining oshxonasini nishonga olgan. U oshxona tomini teshib o‘tib, askarlar orasida portlagan. Dastlabki tergov ma’lumotlarida “Hizbulloh” O‘rta Yer dengizi tomonidan ikkita “Mirsad” rusumli dron uchirgani aytilgan.
Izoh (0)