Endilikda eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasi o‘rnini qoplash ancha osonlashadi. Bu haqda biznes-ombudsman xabar qildi.
Jumladan:
- Soliq to‘lovchilardan tovarlarning eksport qilinganini tasdiqlovchi bojxona hujjatlarini soliq organlariga taqdim etish talab qilinmaydi.
- Bojxona organlari tomonidan elektron tarzda taqdim etilgan ma’lumotlar eksportni tasdiqlash uchun yetarli hisoblanadi.

Ushbu yangi tartib joriy farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrdagi QQS qoplash uchun berilgan arizalarga ham tatbiq etiladi.
Import qilinadigan asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi qismlarni yetkazib berish muddati 180 kundan ortiq bo‘lgan kontraktlar bo‘yicha aktivlarni repatriatsiya qilish muddati sifatida kontraktda ko‘rsatilgan yetkazib berish muddati tan olinadi.
Izoh (0)