Daryo

IBA boks bo‘yicha 2025-yilgi jahon chempionati mezbonlarini e’lon qildi

Ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati 2025-yilning mart oyida, erkaklar o‘rtasidagi chempionat esa may oyida bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish32 642 ko‘rishlar0 izoh0

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) 2025-yilgi jahon chempionatiga mezbon davlatlarni e’lon qildi.

Foto: IBA

Serbiyaning Belgrad shahrida 2025-yil mart oyida ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati, Qozog‘istonning Ostona shahrida esa 2025-yilning may oyida erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Dastlab Qozog‘iston ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatini qabul qilish uchun ariza bergandi. Biroq, keyinchalik erkaklar o‘rtasidagi chempionat mezbonligi bo‘yicha taklif yuborgan. IBA bosh ofisi esa bu qarorni qabul qilgan. 

Belgrad bundan avval 1978 va 2021-yillarda erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatlariga mezbonlik qilgan. Ostona esa 2016-yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘zida qabul qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha 2023-yilgi jahon chempionati O‘zbekistonning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan edi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar