Fransiyaning Parij shahrida Olimpiada bahslari davom ettirilmoqda.
Erkaklar o‘rtasida marafon g‘oliblari aniqlandi. 42 km, 195 metr masofaga kechgan bahsda efiopiyalik Tamirat Tola yangi Olimpiya rekordi (2:06.26) bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.
Kumush medal belgiyalik Bashir Abdiga (2:06.47) nasib etgan bo‘lsa, keniyalik Benson Kipruto (2:07.00) kuchli uchlikni yakunlab berdi.
O‘zbekistonlik Shohruh Davlatov esa 30-kilometrdan so‘ng o‘zini yomon his qilgani bois trassadan chetga chiqdi va finishga yetib bora olmadi.
Izoh (0)