Dam olish kunlari nisbatan salqin havo respublikaning barcha hududlariga tarqaladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Ma’lum qilinishicha, 10—11-avgust kunlari havo harorati kunduz kunlari 33-38 daraja atrofida, respublika janubida 39-41 darajagacha bo‘ladi.
Bu kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Toshkent viloyatining va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda 11-avgust kuni momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Toshkentda 10-avgustda harorat kechalari 24-26 daraja, 11-avgustda 22-24 daraja, kunduz kunlari 10-avgustda 39-41 daraja, 11-avgustda 34-37 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)