Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida sport kurashlari bo‘yicha bellashuvlar davom etmoqda.
O‘zbekistonlik Rustam Assakalov chorak finalda nomdor sportchi bilan to‘qnash keldi. Rio—2016 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, Jahon chempionatlarining 4 karra g‘olibi armanistonlik Artur Aleksanyan bilan bellashgan sportchi imkoniyatni boy berdi. Endi Aleksanyan finalgacha yetib borgan taqdirda Assakalov shohsupaga ko‘tarilish imkoniyatini saqlab qoladi.
Avvalroq Rustam Assakalovga 1/8 final bosqichida gonduraslik Kevin Mexiyan raqiblik qildi. Assakalov Mexiyanni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l olgan edi.
Izoh (0)