Dmitriy Bivolning murabbiyi Gennadiy Mashyanov Isroil Madrimov—Terens Krouford jangiga munosabat bildirdi.
“Krouford yutdi, lekin yorqin emas. Jang durangga yaqinroq edi. Madrimov eng yaxshi jangini o‘tkazmadi. Terensning harakatlari esa hayron qoldirdi.
Ko‘rinishidan, bokschining o‘zini tutishi raqibga ham bog‘liq. Qiyinroq raqibga duch keldi va Terensning mahorati qayergadir yo‘qolib qoldi. Revansh bo‘lib o‘tishi kerak.
Madrimov yaxshi bokschi, lekin u hali o‘z imkoniyatlarining 65-70 foizidan foydalanmoqda. O‘ziga bo‘lgan ishonch yo‘q. Jangdan xulosa qilib, yaxshiroq ishlasa, revanshda Kroufordni mag‘lub eta oladi”, — deydi Gennadiy.
Eslatib o‘tamiz, Terens Krouford Isroil Madrimovga qarshi jangda ochkolar evaziga g‘alaba qozondi.
Izoh (0)