Samarqand viloyatining Urgut tumanida tadbirkorning 7 ming dollarini qo‘lga kiritgan elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi aniqlandi.
Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fosh bo‘lgan.
Urgut tumani elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi A.N. (muqaddam sudlangan) “Z.H.” MCHJ hisobchisi F.N.ning ishonchiga kirib, ushbu MCHJning quruq mevani qayta ishlash faoliyati uzluksiz olib borilishi uchun 14 ming dollar evaziga alohida elektr tarmog‘ini tortib, yangi transformator o‘rnatish hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, shundan 7 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, tekshiruv davomida A.N.tomonidan 7 ming dollarning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)