“Manchester Yunayted” safiga kelib qo‘shilgan himoyachi Leni Yoro “qizil iblislar” safidagi sevimli futbolchisi kim ekanligini aytdi.
“Men oldin hujumchi bo‘lganman! Baland bo‘y va yaxshi tezlikka egaligim sabab ko‘p gol urardim. Aynan tezligim tufayli ko‘pchilik meni Naniga o‘xshatishardi. Menga bu futbolchi juda yoqadi”, deya Yoroning so‘zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, Nani 2007-yildan 2014-yilgacha “Manchester Yunayted”da o‘ynagan. Bu vaqt ichida portugaliyalik hujumchi 230 ta o‘yin o‘tkazib, 41 ta gol urdi va 70 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
18 yoshli himoyachi Yoro 2024-yilning iyulida “Lill” klubidan “Manchester Yunayted”ga o‘tgan edi. Transfer summasi 62 million yevroni tashkil qilgan futbolchining klub bilan shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt Yoroni 50 million yevroga baholamoqda.
Izoh (0)