Yaponiyaning Takahama shahri meriyasi binosiga pichoq bilan qurollangan erkak yonuvchi suyuqlikni sepib, soliqlar bilan bog‘liq muammolar tufayli uni yoqib yubordi.
Bu haqda Kyado agentligi ma’lum qildi.
Yong‘in oqibatida besh kishi jabrlangan, ularning barchasi shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan biri, 60 yoshli erkak butun tanasi kuygan, ahvoli og‘ir, hushsiz ekani xabar qilinmoqda.
Yong‘in 20 daqiqa ichida o‘chirildi. O‘t qo‘ygan shaxs qo‘lga olingan. Politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)