“Barselona” va Ispaniya terma jamoasining 16 yoshli vingeri Lamin Yamal hech qachon o‘ynamaydigan jamoa nomini aytdi.
“Men “Real Madrid”da hech qachon o‘ynamayman degan “Barselona”ning sodiq muxlislaridan birimanmi? Ha”, — deya Yamalning so‘zlarini keltiradi Marca.
Futbolchi, o‘tgan mavsumda klub safida barcha musobaqalarda 51 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.
Lamin Yamal Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevro—2024 da Ispaniya terma jamoasi tarkibida o‘ynamoqda. Turnirning to‘rtta uchrashuvida qatnashgan futbolchi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Izoh (0)