Rossiya Davlat dumasi deputati Vitaliy Milonov yozda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaganlarni, ya’ni badbo‘y hid taratganlarni jarimaga tortishni taklif qildi.
Deputat gigiyena qoidalariga rioya qilmaslikni bezorilik bilan tenglashtirishga chaqirgan. U tegishli taklifni ko‘rib chiqish uchun Rossiya ichki ishlar vaziriga yuborgan. Milonov yozda yomon hidli odam oldida bo‘lish atrofidagilar uchun azobligi, bolalar esa stressni boshdan kechirishini aytgan.
Hozirda Rossiyada bunday odamlarga qarshi kurashadigan vositalar yo‘q. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslikni mayda bezorilikka tenglashtirish orqali 500 dan 1000 rublgacha jarimaga tortish yoki 15 sutkagacha hibsga olish taklif etilmoqda.
Izoh (0)