Toshkent shahar IIBB Bektemir tumanida elektrobus va yengil mashina haydovchilari o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 16-iyun kuni soat 15.30 larda Bektemir tumanidagi Husayn Boyqaro shohko‘chasida 35 yoshli elektrobus haydovchisi Sh.Sh. va Nexia-2 haydovchisi R.I. (1972-yilda tug‘ilgan ) hamda “Zaz-1102” haydovchisi F.Z. o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan.
Birlamchi maʼlumotga ko‘ra, janjal avtobus bekatda to‘xtagan vaqtida ortidan yuqorida qayd etilgan ikkita yengil avtomashina to‘qnashgani sabab yuzaga kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. “Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Buxoroda yo‘l talashib mushtlashgan haydovchiga ikki yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)