• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Mbappe va uning jarohati. Futbolchi musobaqani davom ettira oladimi?

    Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining D guruhining 1-turida Fransiya Avstriyaga qarshi bahs olib bordi.

    Foto: Getty Images

    Uchrashuvda fransuzlar minimal hisobda (1:0) g‘alaba qozondi. Ikkinchi bo‘limning oxirgi daqiqalarida Mbappe himoyachi bilan to‘qnashib ketdi. Shifokorlar yordamidan so‘ng futbolchi maydonni tark etdi. 

    L’Equipe nashrining yozishicha, Fransiya terma jamoasi sardorining burni singan. O‘yindan so‘ng u tez yordam mashinasida Dyusseldorfdagi kasalxonaga olib ketilgan. Dastlabki tekshiruvlardan so‘ng futbolchining burni jarrohlik amaliyotiga muhtoj ekanligi xabar berildi. 

    Foto: Getty Images

    Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olivye Jiru hujumchi Kilian Mbappening jarohati haqida fikr bildirdi.

    “Umid qilamizki, u tezda tuzalib ketadi. Bilaman, hozir unga juda og‘ir. Bu men bilan ham sodir bo‘lgan”.

    Birozdan so‘ng Mbappe jarrohlik amaliyotiga muhtoj emasligi xabar berildi. Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi ma’lum qildi.

    “Mbappe hozir davolanmoqda, biroq u yaqin orada jarrohlik amaliyotini o‘tkazmaydi. Davolanish so‘ngida futbolchi maydonga qaytishi uchun unga himoya niqobi tayyorlanadi”.
    Foto: Getty Images

    Kilian Mbappe X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida “Niqob uchun variantlar bormi?”, deb yozib qoldirdi. 

    Rossiyalik futbolchi Andrey Arshavin Match TV kanalidagi ko‘rsatuvda Mbappega “Ninzya toshbaqalar” multfilmidagi Donatello obrazining niqobini taklif qilgan. 

    O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tibbiy qo‘mita raisi, shifokor Abror Pirriyev fransiyalik futbolchining jarohati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 

    “Futbolchining burni singanda jarohatning og‘ir-yengillik darajasiga qarab reabilitatsiya jarayoni o‘rtacha 1-3 oy vaqtni oladi. Og‘ir hollarda 6 oygacha cho‘zilishi mumkin. Chunki gap faqat burun suyagining sinishi yoki uning bitishi haqida emas, balki holat ortidan bosh miyaga yetkazilgan jarohat darajasi va uni to‘liq tuzalish davri ham inobatga olinishidadir.

    Kilianga to‘xtalsak, hozirgi maʼlumotlarga tayanib aytish mumkinki, agarda Mbappe operatsiya stoliga yotadigan bo‘lsa, u uchun Yevropa chempionati tugaydi va muxlislar suyuklisini o‘rtacha 2 oydan keyin maydonda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Ammo operatsiya talab qilinmasa ham Kilian uchun Yevropa chempionati so‘roq ostida qolaveradi. Muxlislarga taskin sifatida eng yaxshi taxminlarga tayansak, futbolchi finalga yaqin o‘yinlardagina (agarda jamoasi yetib borsa) yangi imijda – himoya niqobida maydonga tushishi mumkin bo‘ladi”, — deydi “Lokomotiv” BFK bosh shifokori. 

    Fransiya terma jamoasi Yevro—2024 musobaqasi doirasidagi ikkinchi uchrashuvni Niderlandiyaga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 22-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

    18.06.2024, 12:44   Izoh (0)   14507
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevro—2024. Ruminiya Ukraina ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi 

    17.06.2024, 19:52

    Yevro—2024. Slovakiya kutilmaganda Belgiya ustidan g‘alaba qozondi 

    17.06.2024, 22:56

    Yevro—2024. Fransiya Avstriya ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi

    18.06.2024, 02:08

    Superliga. “OKMK” “Olimpik”ni yengdi va birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, “Dinamo” esa “Lokomotiv”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 

    17.06.2024, 22:19

    Krishtianu Ronaldu 2026-yilgi Jahon Chempionatida ishtirok etmoqchi 

    17.06.2024, 18:35

    “Al-Hilol” 2023-yilda Lionel Messiga qancha maosh va’da qilgani ma’lum bo‘ldi 

    17.06.2024, 16:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.