Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Irlandiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvidan (3:0) urgan dubli haqida fikr bildirdi.
“Gol urish yoqimli, men o‘yindan zavq olishga harakat qilaman. Bilaman menda futbol o‘ynash uchun oz vaqt qoldi. 35 yoshga to‘lgandan keyin yildan-yilga o‘ynash o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Men 39 yoshdaman va har futbolda o‘tkazgan yilimdan zavq olyapman.
Gol urish hujayramning bir qismidir. Asosiysi, o‘zingizni sevimli ishingizga bag‘ishlash. Mening terma jamoaga bo‘lgan muhabbatim abadiydir. Terma jamoa bilan sovrin? Men buni orzu qilaman”, — deb Ronaldu so‘zlarini keltirmoqda Record nashri SportTV ko‘rsatuviga tayanib.
Ma’lumot uchun, Irlandiya bilan o‘yin Ronaldu uchun 1226-o‘yin bo‘ldi va bu jahon rekordi hisoblanadi.
2024-yilgi Yevropa chempionati Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Turnir 14-iyundan 14-iyulga qadar davom etadi. Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar, shuningdek, to‘rtta eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari 1/8 finalga yo‘l oladi.
Izoh (0)