HAMAS tinch aholi o‘ldirilganiga javoban Isroilning Tel-Aviv shahriga “ko‘p sonli raketalar” uchirdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Tel-Aviv, Gerzliya, Petah Tikva, Ramat-xa-Sharon, Kfar-Shmaryagu va bir qancha kichik shaharlarda sirenalar yangragan.
“Al-Qassam brigadalari sionistlarning tinch aholini qirg‘in qilishiga javoban Tel-Avivga ko‘p sonli raketalar uchirdi”, — deyiladi HAMASning harbiy qanoti bayonotida.
Isroil armiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, jami sakkizta raketa uchirilgan, ularning bir qismi havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan tutib olingan.
“Magen David Adom” tez yordam xizmati Gerzliya shahrida ikki ayol hujum oqibatida yengil jarohatlangani va shifoxonaga yuborilgani ma’lum qilingan. Bu Isroilning markaziy hududlari 2024-yil 29-yanvardan beri birinchi marta raketalar bilan o‘qqa tutilishi ekani ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)