Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 30-maktabning dars vaqtida cho‘milishga borgan 6-sinf o‘quvchilaridan biri cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi jamoasi mazkur baxtsiz voqea natijasida vafot etgan o‘quvchining oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi, — deyiladi xabarda.
Aprel boshlarida Toshkentning Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Yanvar oyi o‘rtalarida esa Sirdaryoda o‘quvchilar bo‘lgan Gentra kanalga tushib ketishi oqibatida egizaklar suvda halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)