Xitoy armiyasining Sharqiy jangovar qo‘mondonlik zonasi qo‘shinlari Tayvan atrofida keng qamrovli harbiy mashg‘ulotlar boshladi. Bu haqda Xitoy Mudofaa vazirligi xabar berdi.
23-24 may kunlari bo‘lib o‘tadigan mashg‘ulotlarda quruqlik, dengiz, havo va raketa kuchlari ishtirok etadi. Xitoy Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Li Sining aytishicha, mashg‘ulotlarda armiyaning jangovar tayyorgarligi va asosiy nishonlarga birgalikda aniq zarbalar berish sinovdan o‘tkaziladi. Harbiy kemalar va samolyotlar Tayvan atrofida jangovar patrullik qiladi.
Shuningdek, bu Tayvan mustaqilligiga intilayotgan ayirmachi kuchlar uchun qattiq jazo hamda tashqi kuchlarning provokatsiyalari va aralashuvidan qattiq ogohlantirishdir, — dedi Li Si.
O‘z navbatida, Tayvan Mudofaa vazirligi orolga bitta samolyot va 12 ta Xitoy kemasi yaqinlashayotganini ma’lum qilgan. Jumladan, Xitoy samolyoti orolning havo mudofaasini aniqlash zonasiga janubdan kirib kelgani va taxminan 72 kilometr masofaga yaqinlashgani ta’kidlangan.
Tayvan Mudofaa vazirligi Xitoy tomonidan o‘tkazilayotgan mash‘ulotlarni mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikni buzuvchi “provokatsiya” deb baholagan.
Izoh (0)