Namanganda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti.

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Chust tumani “Guliston” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Nexia-3 rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro M.M. hech qanday hujjatsiz xorijda ishlab chiqarilgan jami 5 000 quti “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini Chust tumanida o‘tkazish maqsadida olib ketayotgani aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)