Rossiya Federatsiya kengashi Irina Podnosovani Oliy sud raisi lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Qaror palataning yalpi majlisida bir ovozdan qabul qilingan: 167 nafar senatorning bari Podnosova nomzodini yoqlagan.
Irina Podnosova nomzodi konstitutsiya va Rossiya Oliy sudi raisi lavozimiga sudyalar maqomi to‘g‘risidagi qonunda belgilangan talablarga javob beradi, — deyiladi xabarda.
Podnosova Rossiyaning zamonaviy tarixida tayinlangan Oliy sudning ikkinchi raisi bo‘ldi. Ilgari bu lavozimni 1991-yildan beri Vyacheslav Lebedev egallagan. U 2024-yilning 23-fevralida vafot etgan. Ledebevning o‘limidan so‘ng, Pyotr Serkov uning vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.
“Advokatskaya gazeta” yozganiday, Podnosova bu lavozimga juda tez tayinlangan, jumladan, butun jarayon bor-yo‘g‘i bir hafta davom etgan, bu esa sud tizimiga xos emas.
“Kommersant” o‘z navbatida, Podnosova ilgari arbitraj tizimiga hech qanday aloqasi bo‘lmaganiga qaramay, sud tizimidagi nufuzli shaxs sanalishini yozgan.
Sababi uning ortida kim turgani hammaga ma’lum, — deydi anonim manba.
Irina Podnosova 1953-yilda Pskovda tug‘ilgan, 1975-yilda Leningrad davlat universitetining huquq fakultetini tamomlagan. Bu vaqtda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Leningrad davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.
- Podnosova kasbiy faoliyatini Leningrad viloyati ijroiya qo‘mitasida advokat sifatida boshlagan, keyinroq Saratov viloyatiga ko‘chib o‘tgan va u yerda ham advokat bo‘lib ishlagan. 1990-yilda Leningrad viloyatiga qaytib kelgan, 13 yildan keyin Luga shahar sudi raisi lavozimini egallagan.
- 2013-yilda Leningrad viloyat sudi raisining o‘rinbosari bo‘lib, 2017-yilda esa uni boshqargan. 2018-yilda Podnosova Umumiy yurisdiksiyaning ikkinchi apellyatsiya sudi raisi etib tayinlangan. Ikki yil o‘tgach, u rais o‘rinbosari — Oliy sudda iqtisodiy nizolar bo‘yicha sud hay’ati raisi bo‘lgan.
Izoh (0)