“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn “Bayer”ning Bundesliganing joriy mavsumidagi erta g‘alabasi, shuningdek, chempionat saviyasi haqida gapirdi.
“Bu mavsum biz uchun ligadagi omadsiz mavsum bo‘ldi. Leverkuzenni erishgan yutuqlari bilan tabriklayman. Biz bu mavsumda o‘z darajamizdagi futbolni ko‘rsata olmadik. Jamoaga xoh u Chempionlar Ligasida yoki chempionatda bo‘lsin, yordam bermoqchiman. Shaxsan men jamoaga yordam berishni va gollar urishni xohlayman.
Bundesliga men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi. Leverkuzen yevrokuboklarda ham ajoyib mavsum o‘tkazmoqda. Bu yerda juda kuchli klublar bor. Har bir o‘yinda bor kuchimni berishga harakat qilaman. Endi chempionatdagi maqsadimiz ikkinchi o‘rinda qolish. Umuman olganda, menga Bundesligada o‘ynash juda yoqadi”, — deb Keyn so‘zlarini keltirmoqda Bayern & Germany X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” va “Bavariya” o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlangan. Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 17-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)