Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 4,8 mingdan ortiq xususiy turar joy binolari suv ostida qoldi. Bu haqda Qozog‘iston FVV rasmiysi axborotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, ayni vaqtda 8 ta viloyatda 4 ming 870 ta xususiy uy-joy, 1 ming 264 ta hovli va 2 ming 35 ta qishloq uyi suv ostida qolmoqda.
Suv toshqini davri boshlanganidan buyon qutqaruvchilar 107 119 kishini, shu jumladan, 38 457 nafar bolani evakuatsiya qilgan. Vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 7414 kishi bor. 11 674 kishi uyiga qaytgani aytilmoqda.
Mart oyida boshlangan suv toshqinlari tufayli Qozog‘istonning sakkizta viloyatida mahalliy favqulodda vaziyat saqlanib qolmoqda.
Qutqaruv ishlariga 35 mingdan ortiq kishi, 4 mingdan ortiq texnika va 14 samolyot jalb etilgan.
Izoh (0)