Daniya Ukrainaga 40 million kron (5,8 million dollar) miqdorida navbatdagi moliyaviy yordam berdi, mazkur mablag‘ Rossiya qurolli kuchlarining yirik hujumlaridan keyin energetika infratuzilmasini tiklashga sarflanadi. Bu haqda Daniya Tashqi ishlar vazirligi press-relizda ma’lum qildi.
“Hujumlar davom etayotganiga va muhim energiya infratuzilmasi vayron bo‘lishiga qaramay, Ukraina bu qishni juda yaxshi tarzda o‘tkazdi. So‘nggi haftalarda Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasiga maqsadli hujumlarni kuchaytirishga qaror qildi. Bu esa energetika tizimidagi sezilarli inqirozlarga olib kelmoqda. Daniya tomonidan biz 40 million kron ajratmoqdamiz, bu esa infratuzilmani tiklashga yordam beradi”, — deya global iqlim siyosati vaziri Den Yorgensenning so‘zlaridan iqtibos keltirilgan press-relizda.
Daniya Ukraina kompaniyalari va kommunal xizmatlariga asbob-uskunalar sotib olish va yetkazib berishni muvofiqlashtiruvchi jamg‘arma orqali vayron bo‘lgan energetika obyektlarini tiklash uchun yordam ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)