Slovakiya davlat saylov komissiyasi shanba kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Milliy kengash (parlament) spikeri, “Ovoz — sotsial-demokratiya” partiyasi yetakchisi Piter Pellegrini g‘alaba qozonganini rasman tasdiqladi. Bu haqda Slovakiya televideniyesi xabar berdi.
Pellegrini prezidentlik saylovlarida 53,12 foiz ovoz oldi. Unga 1 million 409 ming 255 kishi ovoz berdi.
Pellegrinining raqibi, sobiq Slovakiya tashqi ishlar vaziri Ivan Korkok 1 million 243 ming 709 nafar saylovchining (46,87 foiz) ovozini to‘plagan. Saylovda jami saylovchilarning 61,14 foizi ishtirok etdi.
Izoh (0)