Rossiya Mehnat vazirligi migrantlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish muddatini ikki yil bilan cheklashni taklif qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, ish beruvchi Rossiyada qonuniy istiqomat qiluvchi 18 yoshdan oshgan xorijliklarni maqsadli tashkillashtirilgan ishga jalb qilish huquqiga ega. Bunday holda muhojir ruxsatnomaga ega bo‘lishi kerak.
Ishga ruxsatnoma chet el fuqarosiga u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida, ikki yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi, — deya “TASS” hujjat matnidan iqtibos keltirmoqda.
Ish beruvchining iltimosiga binoan shartnoma uzaytirilishi mumkin, aks holda xodim mamlakatni tark etishi kerak. Agar ish beruvchi tashkiliy ishga qabul qilish doirasida chet ellik ishchi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilsa, migrant 30 kun ichida Rossiyani tark etishi yoki maqsadli tashkiliy ishga qabul qilish doirasida yangi ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzishi shart.
Shuningdek, maqsadli tashkiliy ishga qabul qilish doirasida ishlash uchun ruxsatnoma olgan migrant 30 kun ichida rus tilini bilishi, tarix va Rossiya qonunchiligi asoslarini bilishini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.
Izoh (0)