Daryo

O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar to‘lovi bo‘yicha maʼlumot berildi

Pensiya jamg‘armasi asosiy raqamlarni ochiqladi

1 daqiqa o‘qish184 888 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda sentabr oyi uchun pensiya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jamg‘armaning maʼlum qilishicha, respublikada joriy oy uchun jami 4,5 million kishiga pensiya va nafaqalar to‘lab berilgan. Shundan qariyb 3,2 million nafar odam (72 foiz) to‘lovlarni bank kartalariga qabul qilib olgan.

Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya va nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari tasdiqlangan grafiklarga asosan “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini maʼlum qilamiz, — deyiladi manba xabarida.

Avvalroq jamg‘arma “Daryo”ga bugungi kunda davlat pensiyalarining barcha turlari uchun yillik 53,5 trillion so‘m to‘lanayotganini maʼlum qilgandi. Bunda bir oylik o‘rtacha xarajatlar miqdori qariyb 4,5 trillion so‘mni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil uchun “O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunga asosan, Pensiya jamg‘armasiga davlat budjetidan transfertlar miqdori 15 trillion so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Sobiq iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov shu yilning mart oyidagi matbuot anjumanida Pensiya jamg‘armasi uchun 14,5 trillion so‘m tashqi qarz jalb qilinishini maʼlum qilgan.

“Tashqi qarzning 3 milliard dollardan ortiq qismi budjetni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Masalan, bu yilgi ikkita yirik xarajatdan biri – pensiya Jamg‘armasiga beradigan transfertimiz 15 trillion so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda”, — degan u.

Maʼlumot uchun, davlat tashkilotlarida ishlayotgan xodimlarning 5 foizi pensiya yoshidagilar hisoblanadi.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar