Qashqadaryoda ota-ona va uch nafar farzand nomaʼlum etiologik moddadan zaharlandi. Bu haqda shahar hokimining 9-fevral kuni imzolagan qarorida aytilgan.
Taʼkidlanishicha, hodisa 27-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Uydagilar yashash uyiga o‘rnatilgan qozonxonaning xona ichida qurilgan dudbo‘ronidan ajralib chiqqan chala yongan noma’lum etiologik moddadan zaxarlangan.
Besh kishi Respublika tez tibbiy yordam markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgan, hozirda ahvoli qoniqarli.
Mazkur hodisa yuzasidan komissiya tuzilgan. Unga Qarshi shahar hokimi o‘rinbosari rahbar etib tayinlangan. Komissiya mazkur hodisa va shunga o‘xshash voqealarni o‘rganadi.
Izoh (0)