• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    O‘zbekiston Etnosport Assotsiatsiyasining 2023-yildagi faoliyati sarhisobi

    2021-yilda O‘zbekiston Etnosport Assotsiatsiyasi tashkil etilgan bo‘lib, Bel olish va uchkurash, Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish, Polvonlik va dorbozlik sporti, Uloq-ko‘pkari, Ot poygasi, Ot ustida kurash, Chavgon, Tangi iluv, Ot ustida kamon otish, Kamondan otish, ov qushlari bilan ko‘rgazmali ov qilish kabi milliy etnosport turlarini jahonda ommalashtirish hamda takomillashtirishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

    Ushbu assotsiatsiya milliy sport turlari bo‘yicha tadbirlar, musobaqalar va o‘quv dasturlarini tashkil etish orqali qadimiy va milliy sport turlarining zamonaviy davrda ham izchil rivojlanishini taʼminlashda xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Etnosport Assotsiatsiyasi Raisi — iqtisod fanlari falsafa doktori Oybek Norinbayev rahbarligida turli etnosport tadbirlaridagi faol ishtiroki tufayli xalqaro maydonda eʼtirofga sazovor bo‘ldi. Assotsiatsiya o‘zining qisqa muddatli faoliyati davomida O‘zbekistonda ham, xalqaro miqyosda ham etnosport ommalashuvida katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

    Shu tariqa, O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi 2023-yilda xalqaro tashkilotlar ekspertlari, O‘zbekiston vazirliklari va idoralari vakillari, shuningdek, professional va havaskor yosh sportchilar ishtirok etgan oltita yirik va ahamiyatli tadbir o‘tkazdi.

    Tadbirlardan birinchisi 18-19-fevral kunlari “Chimgan Challenge-2023» festivali doirasida “Sky Camp Bo‘stonliq” lagerida bo‘lib o‘tgan qishki sport turlari mavsumining ochilish marosimi bo‘ldi.

    Tadbir chang‘ichi va snoubordchilarning ko‘rgazmali namoyishini o‘z ichiga olgan qish mavsumining rasmiy ochilishi bilan boshlandi. Sportchilar O‘zbekiston Respublikasi bayroqlari bilan tog‘ yonbag‘irlaridan tushib keldilar. So‘ngra professional va havaskorlar o‘rtasida qishki sport musobaqalariga start berildi. Tadbir davomida milliy etnosport o‘yinlari: o‘q otish, arqon tortish, shaxmat, mini-futbol va badminton bo‘yicha ham musobaqalar tashkil etildi.

    Zotli itlari ishtirokida ko‘rgazmali tulki ovi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi. Qayd etish joizki, yirtqich qushlar va itlar bilan ov qilish O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosiga kiritilgan. Bo‘lib o‘tgan festival mamlakatimizda tog‘ turizmini ommalashtirishga katta eʼtibor qaratilayotgan turizmni rivojlantirish dasturida ham muhim o‘rin tutdi, chunki O‘zbekiston nafaqat qadimiy shaharlari, balki go‘zal tog‘lari bilan ham mashhurdir.

    2023-yil 24-mart kuni Toshkentning “Lokomotiv” bog‘ida Polvonlik va dorbozlik musobaqasining o‘tkazilishi O‘zbekistonning boy madaniyati uchun yana bir eʼtiborli voqea bo‘ldi. Ushbu musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Etnik sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 259-sonli qaroriga hamda 2022-2023-yillarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga asosan Etnosport Assotsiatsiyasi tomonidan tashkillashtirildi.

    Bunday musobaqalarni anʼanaviy bayramlar davomida tashkil etiladigan alohida sport toifasiga ajratish mumkin. Chunki, anʼanaviy bayramlar, albatta, birinchi navbatda, raqs va qo‘shiqlardan iborat, biroq milliy bayramlar qo‘g‘irchoq teatri, kurash, ot poygasi va dorbozlar chiqishini xam o‘z ichiga oladi. Bu milliy anʼana avloddan-avlodga o‘tib kelib, bugungi kungacha saqlanib qolgan. Bugungi dorbozlar esa ajdodlarimizning ulug‘vor anʼanalarining ajoyib davomchilaridir.

    O‘zbekiston hududida sportning bu turi ilk o‘rta asrlarda keng tarqalgan. Dorbozlarning chiqishlari har doim katta olomonni o‘ziga jalb qilgan. Dorbozlarsiz bironta bayram ham o‘tmagan. Ularni tomosha qilish uchun yoshu qari yig‘ilar, hattoki shahar amaldorlari ham tashrif buyurishardi.

    Shuningdek, 10-aprel kuni Buxoro shahrida “Kashtachilik va milliy xalq o‘yinlari” milliy festivali bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada respublikaning barcha hududlaridan o‘ttizdan ortiq hunarmandlar ishtirok etdi. Festivalda kashtachilar bosh kiyim, sharf, ro‘mol, gilam, sumka, tovoqlar, naqshli dasturxon va shu kabi qo‘lda tayyorlangan buyumlarni namoyish etdi. Festival doirasida xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar ham o‘tkazildi. Ishtirokchilar milliy kurash, belbog‘li kurash va milliy jang sanʼatining boshqa turlari bo‘yicha bellashdilar.

    26-may kuni Toshkentdagi “Navro‘z” istirohat bog‘ida “O‘zbekiston etnik o‘yinlari” respublika festivali bo‘lib o‘tdi. Mazkur festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Etnik sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 259-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Etnosport Assotsiatsiyasi tomonidan ilk bor tashkil etildi. Festivalni Assotsiatsiya raisi — iqtisod fanlari falsafa doktori

    Oybek Norinbayev ochib berib, o‘z nutqida O‘zbekistonda etnosportni ommalashtirish hamda takomilliashtirish bo‘yicha hukumat tomonidan juda katta eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab o‘tdilar. Shu bilan birga, ushbu tadbir o‘zbek xalqining tarixini o‘zaro anglash va undagi qadriyatlarni kelajak avlod uchun yetkazib berish uchun xizmat qilishini, yoshlarimizga ota-bobolarimiz tomonidan anʼnaga aylantirilgan sport turlari bilan tanishishi ularda iftixor tuyg‘usini kuchaytirishga turtki bo‘ladi degan umiddamiz deb o‘z so‘zini yakunladilar hamda barcha ishtirokchilardan musobaqada omad va zafarlar tiladilar.

    Assotsiatsiya uchun 2023-yilning eng nufuzli va katta tadbiri “Xalqaro etnosport festivali” 7-9-sentyabr kunlari Xiva shahrida bo‘lib o‘tdi. Ushbu festival O‘zbekiston Etnosport Assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda 63 davlatdan 2000 dan ortiq sportchi ishtirok etdi. Shu bilan bir qatorda 8-sentyabr kuni xorijdan kelgan etnik sport vakillari ishtirokida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

    Assotsiatsiya raisi — iqtisod fanlari falsafa doktori Oybek Norinbayev bunday tadbirlar yoshlar orasida milliy etnosport turlariga qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda vatanga bo‘lgan tuyg‘usini kuchaytirishga qaratilganligini taʼkidlab o‘tib tadbirni ochib berdi.

    Festival doirasida O‘zbekistonda Butunjahon etnosport konfederatsiyasi faoliyatini targ‘ib qilish va takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan bir qancha davra suhbatlari o‘tkazildi.

    Davra suhbatida Konfederatsiyaning barcha 24 aʼzosi, shuningdek, O‘zbekiston vazirliklari va birlashmalari vakillari, o‘nlab mamlakatlardan olimlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

    Festivalda YUNESKO, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi va Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar vakillari ham ishtirok etdi. Festival dasturidan ko‘plab musobaqalar jumladan, belbog‘li kurash bo‘yicha xalqaro turnir, o‘zbek jang sanʼati bo‘yicha jahon chempionatlari, ommaviy kurash va tosh ko‘tarish, kamondan otish hamda ot sporti toifasidagi musobaqalari o‘tkazildi.

    2023-yil 22-dekabr kuni Etnosport Assotsiatsiyasi tomonidan Qarab tep federatsiyasining taqdimot marosimini o‘tkazdi, unda sportning ushbu turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha rejalar hamda etnosportni yanada rivojlantirish vazifalariga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” taqdim etildi.

    Bundan tashqari, yil davomida Etnosport bo‘yicha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan sport-ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq o‘tkazildi. 2023-yilgi tasdiqlangan taqvimga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari 34 ta turli musobaqalarda munosib ishtirok etib, etnosportning ommalashuviga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

    2024-yildagi Etnosport assotsiatsiyasi oldidagi dolzarb vazifalar

    2024-yilda O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi o‘z oldiga O‘zbekistonning o‘ziga xos madaniy anʼanalari bilan tanishishdan manfaatdor sayyohlarni jalb etish kabi yangi maqsadlarni qo‘ymoqda. Etnosport turizmini rivojlantirish orqali mamlakat nafaqat madaniy merosini saqlab qolishi, balki mahalliy hamjamiyatlarning iqtisodiy o‘sishini taʼminlashi mumkin. Tashrif buyuruvchilar uchun etnosport festivallari yoki interaktiv seminarlar kabi qiziqarli tadbirlarni tashkil etish O‘zbekistonning anʼanaviy sport turlarining go‘zalligi va boyligini namoyish etishga yordam beradi.

    O‘zbekiston Etnosport Assotsiatsiyasi vakillari 2024-yilning 16-18-fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadigan Etnosport forumida ishtirok etishadi. Ular seminar va davra suhbatlarida ishtirok etib, forumning asosiy vazifasi bo‘lgan dunyoda etnosport va turizmni rivojlantirish strategiyasini muhokama qiladilar.

    Shu bilan bir qatorda 11-13-may kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida “Etno va zamonaviy moda haftaligi” xalqaro etno-o‘yinlar festivali, xalq hunarmandchiligi va zargarlik buyumlari yarmarkalari bo‘lib o‘tadi. Etnosport Assotsiatsiyasi festival mehmonlariga anʼanaviy xalq o‘yinlari va sport turlarining butun boy tarixini taqdim etadilar.

    Gruziya kurashi xalqaro federatsiyasi taklifiga binoan Assotsiatsiya vakillari 2024-yilning may oyida Gruziyaning Kaxeti shahrida bo‘lib o‘tadigan “Gruziya etnosport festivali” festivalida ishtirok etadi.

    Shuningdek, 2024-yilda Toshkent shahrida Respublika Etnosport festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda butun respublikamizdagi etnosportning mintaqaviy vakillari ishtirok etadilar. Mazkur tadbirga xalqaro tashkilotlardan ekspert va olimlarni taklif etilishi rejalashtirilgan.

    Reklama huquqi asosida.

    26.01.2024, 18:05   Izoh (0)   10694
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Etnosport

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Etnosport assotsiatsiyasi tashkil etildi

    09.10.2021, 22:16

    O‘zbekistonda etnosport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi

    27.05.2022, 07:11

    Shavkat Mirziyoyev Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi bilan milliy sport turlarini ommalashtirishni muhokama qildi

    08.09.2023, 14:02

    Shavkat Mirziyoyev Xalqaro etnosport festivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

    08.09.2023, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.