7—9-dekabr kunlari Qozog‘istonning aksariyat hududlarida havo harorati keskin pasayadi. Bu haqda “Kazgidromet” xabar berdi.
Faqat sharqiy va janubiy hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) davom etadi. Kechasi havo harorati g‘arbda 10-20 darajagacha, shimoli-g‘arbiy va shimoliy hududlarda 28-38 darajagacha, mamlakatning uzoq shimolida 42 darajagacha, respublika markazi va sharqida 28-33 darajagacha, janubiy viloyatlarda 5-13 darajagacha sovuq tushishi kutilmoqda.
Shuningdek, respublika bo‘ylab ham tuman tushishi, janubda esa shamol kuchayishi kutilmoqda.
Izoh (0)