Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7-dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 15,77 so‘mga ko‘tarilib, 12 305,17 so‘m bo‘ldi. Yevro 33,37 so‘mga tushib, 13 278,51 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,19 so‘mga pastlab, 131,98 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi bir kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 12 289,40 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi pastlagandi.
Izoh (0)