Xitoyning markaziy Shansi provinsiyasidagi Lyulyan shahridagi ko‘mir zavodida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CCTV xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, yong‘in 16-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:50 atrofida boshlangan. Yong‘in Shansi Luliang Lishi District Yongju Coal Co. kompaniyaning to‘rt qavatli binosida sodir bo‘lgan. Binodan 63 kishi evakuatsiya qilingan, jarohatlanganlar yonish mahsulotlaridan zaharlangan.
Jabrlanganlarning barchasi kasalxonaga yotqizilgan. Qutqarish ishlari davom etayotgani sababli halok bo‘lganlar soni ortishi mumkin. Yong‘in sabablariga oydinlik kiritilmagan.
Izoh (0)