O‘zbekistonda 1 million 200 mingta kambag‘al oila ro‘yxati shakllantirilib, “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritildi, deb xabar bermoqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati rahbari Faxriddin Hayitov.
Uning ma’lum qilishicha, hokim yordamchilari tomonidan har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual dasturlar ishlab chiqilib, “Onlayn mahalla” platformasiga joylashtirildi. Bundan tashqari, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha reglament tasdiqlandi.
Yil yakuniga qadar respublikada 127 500 ta oila kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasini 12 foizga tushirish choralari ko‘rilmoqda.
Hozirda Xalqaro mehnat tashkilotining “Haq to‘lanadigan taʼtillar to‘g‘risida”gi konvensiyasini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda undagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasi o‘rganildi.
O‘rganish natijasida konvensiyani ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Izoh (0)