Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra:
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, transport prokurori bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. O‘zbekiston harbiy prokurori bosh prokuror taqdimiga binoan prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Ilgari bu bosh prokuror buyrug‘iga asosan amalga oshirilgan.
Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash, prokuratura organlari va muassasalari xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi ushbu qonunda, prezident tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Izoh (0)