So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      -1°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    3 oktabr, 13:14 14960

    Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i prokuror topshirig‘i bilan dam olish kuni paxta dalasiga yuborilib, qaytishda YTHga uchragani aytilmoqda. Ayni paytda mas’ul shifoxonada, og‘ir ahvolda qolmoqda. 

    Foto: Sharifa Murod

    “Daryo” mazkur xabarga aniqlik kiritish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati rahbari Faxriddin Hayitov bilan bog‘landi. 

    Vazirlik vakili YTH haqidagi xabar va xodimning shifoxonada ekanini tasdiqladi. 

    Foto: Sharifa Murod
    Dam olish kuni ish bilan ko‘chaga chiqqanmi yoki boshqa sababmi, bunisi hozircha bizga qorong‘i. Bu ma’lumot o‘rganilmoqda. Tez orada aniqlangan holat bo‘yicha ma’lumot beramiz, — dedi vazirlik axborot xizmati rahbari. 

    Facebook foydalanuvchisi, jurnalist Sharifa Murodning “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, Uchko‘prik tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i majburiy mehnat qurboni bo‘lishi mumkin.

    Foto: Sharifa Murod
    Yakshanba, 1-oktyabr dam olish kuni Farg‘ona viloyatidan paxta masalasida Uchko‘prikka biriktirilgan prokurorning topshirig‘i bilan u Mehnatobod hududiga paxtaga chiqqan odamlar haqida ma’lumot yiqqani borgan bo‘lgan. Qaytishda avariyaga uchragan. Ayni paytda shifoxonada ahvoli og‘ir. Uning qandli diabet kasalligi bo‘lgani uchun operatsiya ham qilisholmayotgan ekan, — deydi jurnalist.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    Eslatib o‘tamiz, AQSHda joylashgan 300 dan ortiq korxona va tashkilotlardan iborat Cotton Campaign koalitsiyasi 2009-yilda o‘zbek paxtasini boykot qilish tashabbusi bilan chiqqandi. Koalitsiya o‘sha vaqtda O‘zbekiston hukumati “1 milliondan ortiq bolalar va kattalarni, jumladan, tibbiyot xodimlari, budjet xodimlari va talabalarni har yili terim mavsumida paxta terimiga majburlagani”ni aytgan edi. 

    Cotton Campaign hamkori bo‘lgan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston forumi 2021-yilda aholi paxta yig‘im-terimi davrida hukumat tomonidan majburiy mehnatga jalb qilinmagani haqida e’lon qilganidan so‘ng, boykot yakunlandi. 2022-yilning mart oyida Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga e’lon qilingan global boykotni bekor qildi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Mavzuga doir

    Majburiy mehnat taqiqlangan va unga yo‘l qo‘yilmaydi – Senat fuqarolar paxta yig‘im-terimiga majburiy jalb etilayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

    27.09.2022, 10:27

    Qashqadaryoda o‘quvchilar paxta terimiga jalb qilingani aytildi

    21 sentabr, 17:25

    Xorazmda maktab o‘quvchilari sholi o‘rimiga jalb qilindi

    3 oktabr, 10:40
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda kuzatilayotgan sovuq havo anomal darajaga o‘tadimi? Iqlimshunos javob berdi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekiston aeroportlarida ayrim parvozlar jadvali o‘zgartirildi

    Kecha, 23:50

    Namanganda yigit o‘z uyidan mashinani yashirincha olib qochgani aniqlandi (video)

    Kecha, 23:30

    AQSH Yaqin Sharqda zudlik bilan o't ochishni to'xtatish bo‘yicha chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlamadi

    Kecha, 23:15

    “Shu ishni o‘ziga kasb qilib olganlar ham bor” — Bandixon hokimi boqimandalik haqida

    Kecha, 23:05

    O‘zbekistonlik 400 nafar hamshira Germaniya klinikalarida ishlash uchun yuboriladi

    Kecha, 23:00

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    Kecha, 22:45

    Portugaliya prezidenti hukumatni iste’foga chiqardi

    Kecha, 22:42

    Guterrish: “HAMASning shafqatsizligi barcha falastinliklarni jazolash uchun asos emas”

    Kecha, 22:30

    Yil boshidan buyon 94 nafar jurnalist o‘ldirildi, 400 ga yaqini qamoqda

    Kecha, 22:22

    Tavsiya etamiz

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    22:00 / 08.12.2023

    Ruhiy xasta ota-onasiga qarayotgan bemor yigit xalqdan yordam so‘ramoqda (video)

    11:00 / 08.12.2023

    Politsiya otib o‘ldirgan talaba qiz, AQSH-Meksika chegarasidagi migrantlar, Dakkadagi tirbandlik — 7-dekabr suratlari

    23:00 / 07.12.2023

    Qarshida tirik qizaloq o‘liklar ro‘yxatiga tushib qoldi. Adliyaning viloyatdagi mas’ullari bunga FHDYO xodimlari aybdor demoqda

    13:00 / 07.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.