• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Nafaqat go‘zalligi, balki iste’dodi bilan ham tomoshabinlarning qalbidan joy olgan turk aktrisalari (foto)

    Turk aktyorlari uzoq vaqtdan beri millionlab muxlislarning qalbidan joy egallashda davom etmoqda, biroq ular loyihalarning qiziqarli sujetlari, shuningdek, suratga olish maydonchasidagi ajoyib partnyorlarisiz mashhurlikka erisha olmaydi. Quyida turk kino olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, mashhur loyihalarda bosh rollarni ijro etgan turk aktrisalari haqida ma’lumot beriladi.

    Hafsanur Sanjaktutan

    Bir qarashda nafis, latofatli bo‘lib ko‘rinadigan aktrisa Hafsanur Sanjaktutan yoshligida juda jo‘x bo‘lgan, shu sababli uning ota-onasi qizini karatega berishga qaror qilgan. Ular adashishmadi: bo‘lajak aktrisa ushbu jang san’ati bo‘yicha Turkiya chempionligini qo‘lga kiritdi va qora kamarga ega bo‘ldi.

    Foto: The Voice 

    Hafsanurning loyihalardagi qahramonlari murakkab xarakterga ega: masalan, uning “Agar qattiq sevsangiz” filmidagi “Leyla Deniz”i bir qarashda ko‘rinadigan darajada oddiy qahramon emas. Masalan, loyihada bir kuni uning firibgarlik sxemalarini amalga oshirib, boy turklar bilan “ajrashib”, o‘z to‘yidan qochib, politsiyadan yashirinib yurganini, boshqa kun esa uch farzandiga mehr berib, g‘amxo‘rlik qilib, hashamdor liboslarda ziyofatlarda vaqt o‘tkazganini ko‘rish mumkin. Tomoshabinlar iqtidorli turk aktrisasi Hafsanurning kino olamdagi kelajagi kattaligiga ishonadi.  

    Foto: “Yandeks.ru”

    Serenay Sarikaya

    Serenayning ota-onasi qizining kelajagiga katta e’tibor qaratgan: bo‘lajak aktrisa bolaligidanoq raqs, qo‘shiq aytish va bir nechta sport turlari bilan shug‘ullangan. Aktrisa go‘zallik tanlovida Turkiya vakili sifatida ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Bu kabi iste’dodlar to‘plami va ajoyib ko‘rinish uning modellik biznesi va kinodagi yo‘lini ochdi. Biroq haqiqiy hayotdan farqli o‘laroq, Serenayning ekrandagi qahramonlarining taqdiri har doim ham qiziq kechavermaydi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Aslan o‘z boyligini qonuniy bo‘lmagan yo‘l bilan topgan badavlat oilaning merosxo‘ri. Bu achchiq haqiqat yigitning qalbiga og‘ir botadi, tushkunlikka tushadi. Devin bilan tasodifiy tanishuv qahramonni o‘z taqdiriga butunlay boshqa tomondan qarashga majbur qiladi, shu bilan birga ayolning hayotini o‘zgartiradi. Aslanning badavlat qarindoshlari uning yangi tamoyillariga umuman rozi emas va yigitni Devindan ajratish uchun hamma narsaga tayyor bo‘ladi. Ammo kuchli xarakter va qiyinchiliklarga qaramay, orqaga chekinmaslik odati aktrisadan uning qahramonlariga o‘tadi: Devin sevgisi uchun ko‘p narsaga tayyor bo‘ladi, hatto mahalliy mafiyalarning hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Dilan Chichek Deniz

    Modellik olamining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan yana bir turk aktrisasi Dilan Chichek Deniz 2014-yilda “Koinot go‘zali” tanlovida Turkiya sharafini himoya qilgan. Aktrisa mashhurlikka sho‘ng‘ib ketmadi, bu uni yangi yutuqlarga erishishiga sababchi bo‘ldi: Dilan o‘zining sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullanishni, she’r yozishni davom ettirdi va o‘zini kastinglarda sinab ko‘rishga qaror qildi. Bu urinishlar muvaffaqiyat bilan yakunlandi: aktrisa filmlar va seriallarda faol rol o‘ynashni boshladi, shuningdek, kosmetik brendlar uchun reklama kampaniyalarining yuziga aylandi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Dilanning eng mashhur rollaridan biri — “Chuqur” serilalidagi Sena obrazi. Maftunkor Sena timsolida u o‘z sevgilisini qidirib borishi va qahramon, uning turmush o‘rtog‘ining hayotiga tahdid soladigan qiyin vaziyatlarni boshdan kechirishi kerak bo‘ladi. Sena Yamachning asosiy tayanchi va suyanchiga aylanadi, biroq tez orada turmush o‘rtog‘ining boshqa tomonini bilib oladi va u eng og‘riqli qo‘rquviga duch keladi. Dilan qanday kurashishni va g‘alaba qozonishni biladi, shuning uchun uning loyihalardagi qahramonlari ham doim muvaffaqiyat qozonadi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Demet O‘zdemir

    Demet O‘zdemir bolaligidanoq hamma narsa mashaqqatli mehnat orqali kelishini tushunib yetdi: oila katta moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirdi va bo‘lajak aktrisa o‘zining yoqtirmagan mashg‘uloti – raqsga tushishni kasbga aylantirishga majbur bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay Demetning iste’dodi yuzaga chiqdi va unga reklamada chiqish taklif qilindi. Demetning aktrisalik karyerasi shunday boshlandi va darhol unga katta gonorarlar va filmlarga taklifnomalar olib keldi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    “Erta uchgan qush” serialidagi Sanem ko‘plab tomoshabinlarning qalbidan joy egalladi. Nozik va zaif, ammo aniq maqsadga ega va o‘ta qaysar, Sanem turmush qurishdan qochish uchun yoqtirmagan kompaniyasida zerikarli holatda ishlashga va ikkiyuzlamachi hamkasblariga toqat qilishga majbur bo‘ladi. Biroq bestseller yozish va haqiqiy sevgisini topish orzusini ro‘yobga chiqarishga harakat qilishdan voz kechmaydi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Neslihan Atagul

    Neslihan 8 yoshida aktrisa bo‘lishga qaror qildi. Reja amalga oshdi, Neslihanning o‘zi bu borada tashabbusni o‘z qo‘liga oldi, aktyorlik agentlarini qidirdi va kastinglarga bordi. U 13 yoshida o‘zining birinchi katta rolini oldi va shundan buyon uning karyerasi qizg‘in davom etmoqda.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Neslihannning eng noodatiy obrazi “Elchining qizi” filmidagi nufuzli siyosatchining yosh merosxo‘ri Nare o‘zining birinchi muhabbatini qalbi singan holda tark etadi, yolg‘iz onaga aylanadi, turli qiyinchiliklarga duch keladi, u bilan barcha aloqalarni uzadi. Nare bir vaqtlar yo‘llari ayro bo‘lgan sevgilisi bilan uchrashib, uning boy insonga aylanganini va boshqa qizga uylanganini bilib oladi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Nare o‘zining birinchi muhabbatini qaytarish va uning aybi bilan ajralib ketgan oilani qayta qurish uchun eski yaralarini davolashi kerak. Neslihan o‘z qahramonining xatolarini takrorlamaydi, u shaxsiy hayotiga ham, karyerasiga ham donolik bilan yondashadi.

    22.09.2023, 09:54   Izoh (0)   49641
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hande Erchel, Fahriye Evjen va vazn yo‘qotib, tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan boshqa turk aktrisalari (foto)

    25.10.2022, 14:50

    Maryam Uzerli, Fahriye Evjen va boshqa turk aktrisalari qanday uylarda yashaydi? (foto)

    09.11.2022, 19:31

    Tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan eng go‘zal turk aktrisalari (foto)

    05.12.2022, 19:18

    Meryem Uzerli, Hande Erchel va boshqa mashhur turk aktrisalari kundalik hayotda qanday kiyinadi? (foto)

    06.01.2023, 21:44

    Foto: Ketrin Zeta-Jons, Meril Strip va boshqa jahon kinosi yulduzlarining qizlari 

    21.09.2023, 19:18

    “Zita va Gita”dagi erkatoy qiz — Sheylani ijro etgan aktrisa Xani Iranining taqdiri qanday kechdi? 

    21.09.2023, 16:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.