• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Tanzila Norboyevaning shaxsiy dizayneri, professional surdo tarjimoni va mahoratli aktrisa Ra’no Shodiyeva 44 yoshda (foto, video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva 12-avgust 44 yoshni qarshiladi. Maftunkor aktrisa hamisha xotirjam ko‘rinsa-da, hayotda ko‘plab sinovlarni yengib o‘tgan. Xo‘sh, u qachondan ijodini boshladi va qanday to‘siqlarni yengib o‘tdi. Keling, bu kabi savollarga javob izlaymiz.

    “Men raqqosa bo‘laman”

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    — Oilada ikkita farzandmiz. Ota-onam akam ikkimizning tahsil olishimiz uchun bor imkoniyatlarni yaratib bergan. Har yili yozda Rossiyadagi eng yaxshi oromgohlarga borib dam olardik. Onam o‘ziga nisbatan e’tiborli va hamisha eng qimmat mualliflik liboslarini kiyardi. Men esa ularni o‘zimga moslab tikib olardim. Ammo onam biror marta buning uchun urishmagan. Liboslarga o‘chligimning sababi raqs bilan bog‘liq. “Raqqosa chiroyli kiyimda raqsga tushishi kerak”, degan tushuncham bor edi. Xullas, bolalikdan faqat raqqosa bo‘laman degan niyat bilan ulg‘ayganman, — deydi aktrisa Ra’no Shodiyeva.

    “13 yoshimda kinoga kirib keldim”

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    — Ilk rolimni 13 yoshimda Qamara Kamolovaning “Atrof oppoq qorga burkandi” filmida ijro etganman. Kinoda suratga tushish va keyinchalik aktrisa bo‘lish hayolimda ham bo‘lmagan. Qamara opa nafaqat rejissor, balki hayotimdagi muallim bo‘lgan. Onam hamisha ishda bo‘lardi, ko‘p narsalarni u insondan o‘rganganman. 
    Maktabni bitirganimdan keyin qaysi kasbni egallash haqida ko‘p o‘ylaganman. Shunda dadam dizaynerlik bo‘yicha o‘qishni taklif qilgan. “Konstruktor-dizayner” mutaxassisligini egallab, 16 yil davomida atelyeda ishlaganman. 

    “Tanzila Norboyevaning shaxsiy dizayneri bo‘lganman”

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    — Opa bilan atelyeda ishlab yurgan paytimda tanishganmiz. Bu sohadan ketganimdan keyin afsuski Tanzila opaga hech narsa qilib bera olmadim. Hali ham o‘zimni kechira olmayapman. Yaqinda ko‘rishganimizda ham ko‘ylak, kostyumlar tikib bersang bo‘lar ekan deb qoldilar. Keyin men Turkiyaga ketib qoldim va bu iltimoslarini bajara olmadim, —  deydi aktrisa.

    “18 yoshimda ‘Chimildiq’ga chaqirishdi”

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    — 18 yoshimda Melis Abzalov “Chimildiq” filmiga taklif etdi. Bu rolni teatrda Madina Muxtorova qoyilmaqom ijro etgan. Undek ijro eta olamanmi, deb ikkilangandim. Undan keyin “Shaytanat” filmining kastingiga taklif qilishdi. Rostini aytsam, bu film haqida, umuman asar haqida hech qanday ma’lumotga ega emasdim. Chunki faqat rus tilidagi kitoblarni o‘qirdim. Zaynab roli uchun juda ko‘p aktrisalar kasting topshirishgan, keyin bilsam bu rolni avvaliga Navro‘za Biynazova ijro etgan va qandaydir sabablarga ko‘ra suratga tushishni istamay qolgan ekan. Navro‘za opa bilan bir “dom”da turardik. Munosabatlarimiz juda yaxshi, ammo biror marta nega roldan ketgani haqida so‘ramaganman, — deydi aktrisa Ra’no Shodiyeva.

    “Ozodbek Nazarbekov bilan kursdoshman”

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    — Kinodagi rollarim muvaffaqiyatli chiqishni boshlaganidan keyin bu sohada ham tahsil olishga qaror qilganman. Juda mashhur insonlar Ozodbek Nazarbekov, Halimaxon kabi ijodkorlar bilan kursdosh bo‘lganman. Undan keyin magistraturada ham tahsil oldim. “Qo‘g‘irchoq teatr aktyorligi” bo‘limida tahsil olib, kar-soqov bolalar uchun spektakllar sahnalashtirishni niyat qilgandim. Ammo institutdan ish taklif qilishdi va besh yil davomida ustozlik ham qildim. Ammo institutda ishlab, ijoddan biroz uzilgandek bo‘ldim. Shu bois, ustozlikni tark etib, bor e’tiborimni ijodga qaratdim, — deydi aktrisa Ra’no Shodiyeva.

    “Onam sabab xayriya ishlarini boshladim”

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    — Onam imkoniyati cheklangan bolalarning madaniyat markazida ishlardi. Bir kuni “Sen taniqli aktrisasan, nega menga yordam bermaysan”, deb qoldi. Avvaliga onamni ranjitmaslik uchun xayriya ishlarida qatnashib yurdim. Ammo u yerdagi muhit bilan yaqindan tanishib, bolajonlarga mehrim tushib qoldi. Ular shu qadar mehrliki, insonni o‘ziga ohanrabodek tortadi. Ayni kunda bu sohada nafaqat, onam va men, balki qizim ham faoliyat yuritadi, — deydi aktrisa Ra’no Shodiyeva.

    “Turmush o‘rtog‘im bilan boshqa-boshqa insonlarmiz”

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    — Men toshkentlik, turmush o‘rtog‘im esa qashqadaryolik inson. Aslida dunyoqarashimiz va odatlarimiz ham bir-biriga mos emas. Masalan men noziklikni yoqtiraman, turmush o‘rtog‘im esa chapani samimiy inson. Hatto, yaxshi ko‘radigan narsalarimiz ham bir-biridan farq qiladi. Ammo turmush o‘rtog‘im oilaparvar va ayolini qadrlaydigan inson. Oilamiz uchun hamma imkoniyatni yaratib beradi. Shu kungacha ro‘zg‘or xarajatlari haqida bosh qotirgan inson emasman, — deydi aktrisa Ra’no Shodiyeva.

    Og‘ir xastalikni yenggan aktrisa

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    — Jigarimning 60 foizini olib tashlashdi va sog‘lomini qoldirishdi. Jigar — bu o‘sadigan a’zo. Xudo xohlasa, olib tashlangan o‘sha foizi bir yil davomida yana ham o‘sib, joyiga tushadi. Oson amaliyot bo‘lmadi, juda qiyin, mashaqqatli. Jigarning o‘zi 300 ta funksiyani bajaradi. Unda qon tomirlari ko‘p. Shuning hammasini joy-joyiga tikib, amalga oshirish kerak, — deydi aktrisa.

    Ra’no Shodiyevaning “Mehrli qo‘llar”i

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    — Surdo tili oilamiz uchun yangilik emas. Dadamning eshitish bilan bog‘liq nuqsoni bo‘lgani uchun bolaligimizdan bu tilni o‘rganishga va u orqali dadam bilan erkin muloqot qilishga harakat qilganmiz. 2003-yili uch oylik kursga qatnadim va surdo tarjimoni mutaxassisligini egalladim. Hozirgi kunda bu tilda erkin muloqot qila olaman. Hatto farzandlarim ham buni o‘rganishgan.

    Bolaligimdan imkoniyati cheklangan insonlarga befarq bo‘lmaganim uchun “Qo‘llar yordamida gaplashamiz” nomli tashkilotni yo‘lga qo‘ygandim. Undan keyin uning qamrovi yanada mukammallashib, eshitish, ko‘rish, gapirish bilan bog‘liq imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar tashkilotini tuzdik. Hozirgi kunda rahbarligimdagi “Mehrli qo‘llar” yoshlar va bolalar markazi imkoniyati cheklangan qatlam vakillarining hayotga moslashuvchanligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda, — deydi aktrisa Ra’no Shodiyeva.

    Mahoratli aktrisa endi buvijon

    Aktrisa 2021-yili o‘g‘li Diyorni uylantirdi. Qizig‘i shundaki, uning kelini rus millatiga mansub. Oradan ko‘p o‘tmay qizi Raxshonani ham turmushga berdi. Hozirda aktrisaning ikki nafar nabirasi bor.

    “Jigarimning 60 foizi olib tashlandi”

    Afsuski, 2022-yili aktrisada jiddiy xastalik aniqlandi. 

    — Jigarimning 60 foizi olib tashlandi va sog‘lom qismini qoldirishdi. Jigar bu – o‘sadigan narsa. Uning olib tashlangan qismi Xudo xohlasa 1 yil ichida o‘sib joyiga tushadi. 11 soat davom etgan amaliyot oson bo‘lmadi, juda qiyin, mashaqqatli bo‘ldi. Jigarning organizm ishida 300 ta funksiyasi bor, jigarda qon tomirlari ko‘p. Ularning hammasini joy-joyiga qo‘yib tikish kerak bo‘ldi, — deb kasalligi haqida ma’lumot bergandi aktrisa Ra’no Shodiyeva.

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    U Turkiyada jarrohlik amaliyotini boshdan kechirib, uzoq yillik davolanishdan so‘ng oilasi bag‘riga qaytdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, aktrisaning bugungi kundagi salomatligi joyida, yaqin kunlarda u yana ijodga qaytishni rejalashtirmoqda.

    16.08.2023, 14:35   Izoh (0)   49197
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Margo Robbi “Barbi” filmidagi roli uchun qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi

    16.08.2023, 14:00

    Jennifer Lopes 54 yoshini Ben Afflek va 5 nafar farzandi bilan birga nishonladi. Xonanda mehmonlar olqishi ostida stol ustida raqsga tushdi

    16.08.2023, 12:39

    Gollivud yulduzlari va gersoglar: Teylor Sviftning konsertiga kimlar tashrif buyurdi? (foto)

    16.08.2023, 10:36

    Roli sabab Moskvaga bir oy poyezdda qatnagan Lyudmila Prokofyevna — Alisa Freyndlix haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar (foto)

    16.08.2023, 09:35

    Instagram: To‘yxonaga qutida olib kirilgan Shohjahon Jo‘rayev, Aziza Yoqubova farzandi uchun duo so‘radi, Munisa Rizayevaning to‘yi sanasi ma’lum bo‘ldi 

    15.08.2023, 22:20

    Buvisiga televizor, muzqaymoq furgoni, uy va “eng zo‘r poyabzal”: Gollivud yulduzlari birinchi yirik gonorarini nimaga sarflagan?

    15.08.2023, 19:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.