Daryo

Polsha Belarus bilan chegarani butunlay yopib qo‘ymoqchi

“Biz hududimizni himoya qilish, fuqarolarimizni asrash uchun zarur bo‘ladigan har qanday qadamlarni, jumladan, Belarus bilan chegarani to‘liq yopishni ko‘rib chiqyapmiz”, — dedi Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

1 daqiqa o‘qish22 720 ko‘rishlar0 izoh0

Varshava Belarus chegarasi yaqinida tobora ko‘proq qo‘shin joylashtirmoqda.

Polsha hukumati mamlakatni himoya qilish uchun Belarus bilan chegarani butunlay yopish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu Belarus Respublikasi hududida “Vagner” yollanma askarlarining mavjudligi bilan bog‘liq.

“Biz hududimizni himoya qilish, fuqarolarimizni asrash uchun zarur bo‘ladigan har qanday qadamlarni, jumladan, Belarusni to‘liq izolyatsiya qilish, chegarani to‘liq yopishni ko‘rib chiqyapmiz”, — dedi Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Pavel Yablonskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chegarani yopish Polsha chetlab o‘tmoqchi bo‘lgan so‘nggi chora bo‘ladi, ammo hujumlar va ziddiyatlar davom etsa, Varshavaning boshqa chorasi qolmaydi.

Foto: Deutsche Welle

Rasmiy vakilning qayd etishicha, Belarusdan kelayotgan tahdid jiddiy bo‘lib, “vagnerchilar” Belarus orqali Polsha hududiga kirishga harakat qilishgan..

“Biz chegaramizda yangi hujumlar, havo hududimizni buzishga yangi urinishlar bo‘lishini kutmoqdamiz”, — dedi Yablonskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, “ular o‘zlari xohlagan narsani qila olishlarini ko‘rsatishga harakat qilishadi”. Bunga javoban Polsha Belorussiya chegarasi yaqinida tobora ko‘proq qo‘shinlarini joylashtirmoqda.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar