Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 21-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,12 so‘mga pastlab, 11 592,99 so‘mni tashkil qildi. Yevro 28,86 so‘mga tushib, 12 998,06 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,11 so‘mga ko‘tarilib, 127,81 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushib, 11 600,11 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kurslari ham pastlagandi.
Izoh (0)