Tinch okeanida sidneylik dengizchi Tim Sheddok va uning iti Billa bo‘ron sabab bir necha oy okeanda suzganidan so‘ng qutqarib olindi, deb xabar bermoqda 9News.
51 yoshli Tim Sheddok va Billa (itning yoshi noma’lum) uch oy oldin Meksikadan Fransiya Polineziyasiga yo‘lga chiqqan, biroq bir necha hafta o‘tgach, qayiq bo‘ron paytida jiddiy shikastlangan. Ikki oy davomida ular yashash uchun eng zarur narsalarni iste’mol qilgan: oziq-ovqat uchun xom baliq tutib yegan, ichimlik uchun yomg‘ir suvidan foydalangan. Ikki oy o‘tgach, dengizchining qayig‘ini baliqchi traulerni kuzatib borayotgan vertolyotdagilar payqab qolishgan. Sheddok topilganida, u sog‘lom va yaxshi kayfiyatda edi.
“Men dengizdagi eng og‘ir sinovdan o‘tdim. Endi dam olishim va yaxshi ovqatlanishim kerak, chunki uzoq vaqtdan beri to‘yib ovqatlanmadim. Asosiysi, men sog‘lomman”, — dedi Sheddok 9News’ga.
Sheddokning shifokori erkakning hayotiy ko‘rsatkichlari normal ekanini aytdi.
Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, Billa ham “ko‘rinishidan sog‘lom”. It haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Sky News Australia telekanali Tim Sheddok va Billa qutqarilganidan keyin olingan kadrlarni efirga uzatdi.
Izoh (0)