Polsha prezidenti Anjey Duda armiyani yuqori shay holatga keltirishni buyurdi va Bosh vazir Mateush Moravetski, Milliy mudofaa vaziri va ittifoqchi davlatlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdi.
“Sharqiy chegaramizning narigi tomonidagi voqealar rivoji doimiy kuzatuv ostida”, — deya qo‘shimcha qildi Duda.
Estoniya ham Rossiya bilan chegara hududlarda xavfsizlikni kuchaytirdi. Respublikaga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid yo‘q, dedi Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas. U estoniyaliklardan Rossiyaga safar uyushtirishni kechiktirib turishni so‘radi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir rasmiylar Rossiyadagi vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib, ittifoqchilar bilan maʼlumot almashishmoqda.
Izoh (0)