Buxoro—Urganch avtomobil yo‘lida UzAuto Motors treyleri YTHga uchrab, ikki haydovchisi vafot etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 14-iyun soat 11:40 da yuz bergan. UzAuto Motors avtoparkiga tegishli treyler yuk mashinasiga borib urilgan. YTH oqibatida avtovoz kabinasi shikastlangani sabab ikki haydovchisi ham olingan og‘ir jarohatlar natijasida vafot etgan.
“Ayni paytda ushbu hodisa tegishli xizmatlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, hodisa sabablari aniqlanmoqda. Avtohalokat haqida batafsil ma’lumot tergov-tezkor tadbirlari yakunlariga ko‘ra beriladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)