“Unabomber” nomi bilan tanilgan Ted Kachinski shanba kuni ertalab qamoqxona kamerasida o‘lik holda topildi”, — deya xabar bermoqda ABC telekanali qamoqxonalar federal byurosi vakiliga tayanib.
Kachinski 1990-yillarda “zamonaviy texnologiyalar olamida inson erkinliklarining poymol etilishi”ga e’tibor qaratish uchun portlovchi qurilmalarni universitet va aviakompaniya idoralariga pochta orqali yuborgan.
Bunda o‘n oltita minalangan posilka uch kishining hayotiga zomin bo‘lgan, 20 dan ortiq kishi jarohat olgan.
Kachinskiy 1996-yilda hibsga olingan va umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. 2021-yil dekabr oyida u sog‘lig‘i yomonlashgani sababli qamoqxona kasalxonasiga o‘tkazilgandi.
Izoh (0)