Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida 62-xalqaro gullar festivali doirasida shotokan karate-do bo‘yicha ochiq turnir bo‘lib o‘tdi.
![](/static/Otabek/photo_2023-06-11_22-42-19.jpg)
Foto: Ilyosbek Boydadayev
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Botir Nuriddinov, Namangan shahri hokimi G‘ofirjon Jamolov, O‘zbekiston shotokan karate-do assotsiatsiyasi bosh murabbiyi Xo‘jamqul Xo‘jamqulov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
![](/static/Otabek/photo_2023-06-10_14-23-38.jpg)
Foto: Ilyosbek Boydadayev
Marosimda mazkur sport turini ommalashtirishga munosib hissa qo‘shgan faxriylar yodga olindi, hozirda barhayot bo‘lganlariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
![](/static/Otabek/photo_2023-06-10_13-55-07.jpg)
Foto: Ilyosbek Boydadayev
Turnirda O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan jami 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Ular ishtirokidagi qizg‘in bahslar majmuaga yig‘ilgan ko‘plab tomoshabinlarni befarq qoldirmadi.
![](/static/Otabek/photo_2023-06-10_14-23-02.jpg)
Foto: Ilyosbek Boydadayev
![](/static/Otabek/photo_2023-06-10_13-55-06.jpg)
Foto: Ilyosbek Boydadayev
Qayd etilishicha, Namanganda bo‘lib o‘tgan xalqaro turnir g‘oliblari joriy yil sentyabr oyida o‘tkaziladigan shotokan karate-do bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadigan milliy terma jamoa uchun saralab olinadi.
![](/static/Otabek/photo_2023-06-10_14-22-27.jpg)
Foto: Ilyosbek Boydadayev
Izoh (0)