“Manchester Siti” futbolchisi Ilkay Gundo‘g‘an faoliyatini “PSJ”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Get French Football News xabar berdi.
“Manchester Siti” bilan shartnomasi 2023-yilning iyul oyida yakuniga yetadigan Ilkay Gundo‘g‘an “PSJ”ning transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. Parij klubi yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Parijliklar gol ura oladigan va himoyadan hujumga o‘tishni osonlashtiradigan yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda.
Gundo‘g‘anga “Barselona” va “Arsenal” ham qiziqish bildirmoqda. “PSJ”ga futbolchining o‘zi Kataloniya klubiga o‘tishni xohlayotgani ma’lum qilingan. Biroq Parij jamoasi murabbiyi sifatida tayinlanishi kutilayotgan Yulian Nagelsmann futbolchini “PSJ”ga o‘tishga ko‘ndirishi mumkin.
Ilkay 2022/23-yilgi mavsumda Angliya Premyer Ligasining 31 o‘yinida maydonga tushib, sakkizta gol urib, to‘rtta golga assistentlik qildi.
Izoh (0)