AQSHning Massachusets shtati Spenser shahrida 160 yillik cherkov yashin urishi natijasida yonib ketdi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Rasmiylarning ma'lum qilishicha, yong‘in vaqtida cherkov bo‘sh bo‘lganligi sababli hech kim jabrlanmagan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar xodimlari ishlamoqda.
New York Post xabariga ko‘ra, bino yog‘ochdan foydalangan holda qurilgan, shu sababli tezda butunlay yonib ketgan.
4-iyun kuni AQSHning boshqa shtati — Luizianadagi neft omborida yashin urishi oqibatida yong‘in chiqqan edi.
Yong‘in natijasida qurbonlar bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)